Tinglovchilar bilan jamoat xavfsizligiga bag‘ishlangan muloqot

02.01.2026 8 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Kasbiy tayyorgarlik fakulteti maxsus kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi”da taʼlim olayotgan tinglovchilari bilan “Jamoat xavfsizligini taʼminlashning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda, Toshkent shahar Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari podpolkovniklar F.Sh.Akmalov hamda Z.Z.To‘raqulov, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi birinchi batalyon, beshinchi safarbarlik guruhi komandiri, podpolkovnik B.H.Yaxshiyev va shu guruh katta inspektori, kapitan I.N.Azimovlar, shuningdek, Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi boshlig‘i o‘rinbosari, dotsent, polkovnik I.B.Axmedov, kafedra dotsenti, podpolkovnik F.Sh.Xidirov, kafedra katta o‘qituvchilari podpolkovnik J.H.Allayorov va mayor Sh.M.Ubaydullayev hamda katta leytenant O‘.A.Saidovlar qatnashdilar.

Davra suhbatini polkovnik I.B.Axmedov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir mehmonlarini tanishtirdi. So‘zga chiqqanlar bugungi kunda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chet el tajribalari hamda mavjud muammolar haqida batafsil maʼlumotlar berib o‘tdilar.

Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.