Hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi

31.12.2025 9 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari uchun “Ichki ishlar organlarida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish tartibi” mavzusida ma’ruza mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi tinglovchilarga ichki ishlar organlarida xizmat faoliyati davomida hujjatlarni tuzish, yuritish va rasmiylashtirishga oid amaldagi talablar hamda me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

Ma’ruza davomida xizmat hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish, ish yuritish qoidalariga qat’iy rioya qilish, hujjatlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularning oldini olish masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, amaliy misollar orqali tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

Institut Matbuot xizmati