Mamlakatimizda «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
Xususan, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ham hashar uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda.
Bugun hashar davomida Institut va Bektemir tumanining “Zilola” mahallasi hududidagi yo‘laklar saranjom-sarishta holatga keltirilib, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi. Ariqlar tozalanib, chiqindilar olib chiqildi.
Zero, hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi sifatida shakllangan mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
IIV O‘quv-dala markazi, Institut va uning Olmaliq shahar o‘quv bazasi xodimlari va tinglovchilari tomonidan joylarda atrof muxitni toza saqlash va baxor mavsumidagi obodonlashtirish xasharlari davom ettirilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati