Tajriba va bilim uyg‘unligi - yoshlarga ibrat

27.12.2025 19 marta ko'rilgan

Bugungi kunda ichki ishlar organlari faoliyatini yanada rivojlantirish, yosh kadrlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda o‘tkazilib kelinadigan “Uch avlod” uchrashuvlarining o‘rni beqiyos. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari safiga ilk bor qabul qilingan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari hamda soha faxriylari o‘rtasida ayni shunday uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida iste’fodagi faxriylar so‘z olib, o‘zlarining ko‘p yillik mehnat faoliyatlari, yutuqlari va yo‘qotganlari, sinovli kunlarda bilim, tajriba va kasbiy fazilatlar tufayli erishgan natijalari, soha mashaqqatlarini yengish yo‘llariga atroflicha to‘xtalib, yosh avlod vakillariga kerakli maslahatlar berdilar. Qiziqarli o‘tgan tadbirda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.   

Institut Matbuot xizmati