Hamkorlikdagi sport tabirlari
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida sport tadbiri tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va tinglovchilari, shuningdek, Olmaliq shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Olmaliq shahar politexnikumi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida sportning voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, yoshlar qalbiga vatanparvarlik ruhini singdirishga qaratilgan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish qilindi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan sport bellashuvlari ishtirokchilarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
Institut Matbuot xizmati