Malaka oshirish instituti tinglovchisi g‘olib bo‘ldi

26.12.2025 16 marta ko'rilgan

Joriy yilning 23–25-dekabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida sportning “Sambo” va “Jangovar sambo” turlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashdi. Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilaridan iborat jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etdi.

Turnir yakuniga ko‘ra 80 kg vazn toifasida “Sambo” sport turi bo‘yicha
1-o‘rin 7-guruh tinglovchisi, safdor Sh. Ibrayevaga, +98 kg vazn toifasida “Sambo” sport turi bo‘yicha 3-o‘rin 9-guruh tinglovchisi, safdor
B. Abdulazizovga, +98 kg vazn toifasida “Jangovar sambo” sport turi bo‘yicha 3-o‘rin 10-guruh tinglovchisi, safdor U. Hamdamovga nasib etdi.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar O‘zbekiston terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.