Vazifalar belgilab olindi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha Institut O‘quv-uslubiy bo‘lim faoliyati, professor-o‘qituvchilarning 2025-yil yakunlari yuzasidan smart reyting natijalari, ilmiy tadqiqot olib borish istagida bo‘lgan xodimlarning mavzulari, professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama etildi.
Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida muhim qarorlar qabul qilindi.