Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Koreya Respublikasi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan oʻquv markazini tashkil etish boʻyicha salohiyatni oshirish loyihasi toʻgʻrisidagi muzokaralar bayoni tuzildi.
Ushbu xalqaro hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov hamda Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Xi Sang Kim tomonidan imzolandi.
Loyihaga olti million AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlib, uning amalga oshirilishi 2023-2027-yillarga moʻljallangan.
Ushbu loyiha Oʻzbekiston va Koreya huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasida amaliy hamkorlik va tajriba almashishni yanada rivojlantirish, Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan oʻquv markazini tashkil etish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlari uchun zamonaviy oʻquv treninglarini oʻtkazish hamda ularning bilim va malakalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati