Ma’lumki, mamlakatimizda yasharish, yangilanish fasli bo‘lmish bahorning boshlanishi oldidan tozalash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, ayriq-zovurlarni tozalash ishlarini amalga oshirish an’naga aylangan. Qolaversa respublikamizning barcha joylarida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari yurtimiz chiroyini kundan-kunga ochib bormoqda. Yurtboshimizning xohish istaklari xalqni rozi qilish va talab qilinayotgan talablari ham aynan shudir.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti xodimlari va tinglovchilari tomonidan ham o‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng Bektemir tumanning hududlarida “Navro‘z” umumxalq bayrami oldidan hashar o‘tkazilmoqda. Jumladan tumanning Majnuntol va Mirishkor mahallalarida xayriya hashar tadbirlari tashkil etildi. Hasharda aholi punktlari hamda bolalar bog‘chalari maydonchalarini tartibga keltirildi hamda "Mahallamga 10 tup daraxt - mening tuhfam" shiori ostida barcha turar joy mavzelari va ko‘chalarda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari amalga oshirildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati