O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha navbatdagi 6-o‘quv kursi hamda Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar — tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, aholi bilan yanada yaqin ishlaydigan, xalqparvar tuzilmaga aylantirilayotganligini ta’kidladilar.
O‘quv mashg‘ulotlari innovatsion pedagogik texnologiya, interfaol metod va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘tkazildi.
O‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Ularning kelgusi xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati