Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik O‘tkirbek Otaev tomonidan institut miqyosida “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik” modulidan 14-o‘quv guruhi tinglovchilari bilan “Ekstremizm va terrorizm tushunchasi va mazmun-mohiyati” nomli mavzu bo‘yicha ochiq seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Ochiq mashg‘ulot interfaol usulida boshlanib, mavzu bӯyicha tinglovchilar bir-birlari bilan savol-javob, bilimlar tortishuvlari orqali juda qiziqarli tarzda o‘tdi. Ochiq mashg‘ulot tinglovchilarni bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirdi va qiziqishlarini oshirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Barcha zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan holda hamda tinglovchilarning kasb faoliyatiga bog‘lab o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot davomida o‘qituvchi sohaga oid bilim va ko‘nikmalaridan samarali foydalandi hamda mavzuni to‘la yoritib berdi. Mashg‘ulotda tinglovchilar ham faol ishtirok etdi.
Mazkur ochiq seminar mashg‘ulotda Institutning O‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.
Ishtirokchilar seminar mashg‘ulot samarali bo‘lganligini e’tirof etdilar.
- Ochiq seminar mashg‘ulotlari o‘qituvchi mahoratini namoyon etib, tinglovchi bilimini mustahkamlashga xizmat qiladi, - deydi O‘quv-uslubiy bo‘lim katta o‘qituvchi-metodisti, podpolkovnik Yo‘ldoshali Zuxurov. - Shuningdek, ochiq mashg‘ulot o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim muassasasi o‘qituvchilarining mutaxassisligi bo‘yicha bilimlarini oshirib borish, soha bo‘yicha yutuqlarini yosh mutaxassislar orasida ommalashtirish va kamchiliklarni bartaraf etish, darslarni zamonaviy interfaol uslublar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar yordamida tashkil etishdan iborat.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati