Yangilik haqida batafsil

Nafosat va go‘zallik ayyomi
March 8, 2024

   O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

     Tadbirni Institut boshlig‘i, t.f.n, dotsent, polkovnik Olimjon Axmedov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

        Bayram munosabati bilan ushbu dargohda uzoq yillar samarali mehnat faoliyati bilan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan mo‘tabar opa-singillarimizni bayram bilan samimiy tabrikladi. 

      Tadbirda bayram munosabati bilan Ichki ishlar vazirining buyrug‘iga asosan rag‘batlantirilgan xodimalariga “A’lo xizmatlari uchun”, 3 darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari, Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorlig‘i”, unvon va pul mukofotlar topshirildi.

      O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va xodimlari barcha ayollarni 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Mehribon opa-singillarimizga Yaratgandan sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati