Joriy yilning 3-7 mart kunlari Toshkent shahrining “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida UShU sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Chempionatda Qoroqalpog‘iston respublikasi va viloyatlardan 700 nafardan oshiq sportchilar ishtirok etdi. Qizg‘in baxslarga boy bo‘lgan bellashuvlarda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti sport to‘garagi a’zolari ham ishtirok etishib, yaxshi natijalarni qo‘lga kiritdi.
85 kilogramm vazn toifasida institut Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari, safdor Muzaffar Saidov, 90 kilogramm vazn toifasida safdor Shaxzod Islomovlar oltin medalni, 70 kilogram vazn toifasida Institut xodimi safdor Sardor O‘zbekov kumush medalni, 80 kilogramm vazn toifasida tinglovchi safdor Akmal Soatov bronza medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi safida xalqaro arenalarda respublikamiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati