Yangilik haqida batafsil

Nazariy va amaliy ahamiyat kasb etgan ochiq mashg‘ulot
March 6, 2024

         2024 yilning 6 mart kuni  Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti, Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi podpolkovnik Bahromjon Turg‘unboev tomonidan institut miqyosida 2-o‘quv guruhi  tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qarorining mazmun-mohiyati” nomli mavzu bo‘yicha ochiq ma’ruza mashg‘uloti o‘tkazildi.

          Ma’ruzachi mashg‘ulot davomida ushbu mavzuni chuqur bilishi va uni tinglovchilarga yetkaza olish qobiliyatini to‘la namoyon etdi. Jumladan, mashg‘ulotda “Aqliy hujum”, “savol-javob”, “BBB” singari zamonaviy metodlardan samarali qo‘llanildi. Bu metodlar tinglovchilarning ijodiy-kreativ fikrlashiga keng imkoniyatlar yaratdi. Ushbu mavzu hozirda dolzarbligi, ahamiyati tushuntirilib, amaliyot bilan bog‘lagan holda keng ko‘lamli ma’lumotlar yetkazildi. O‘quv mashg‘uloti davomida tinglovchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. 

     Mazkur ochiq ma’ruza mashg‘ulotda Institutning o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari va professor-o‘qituvchilar qatnashdilar.

        Ishtirokchilar ma’ruza mashg‘ulot samarali bo‘lganligini e’tirof etdilar.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati