Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, ayniqsa, ularni ommaviy sportga jalb эtish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan tinglovchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ishtiyoqini, sport sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida ular o‘rtasida “Sport bilimdonlari” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Ushbu bellashuvda uchta jamoa a’zolari ishtirok etdilar. O‘yin qoidalariga ko‘ra, jamoalar ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi. Turnirni ochiq va shaffof o‘tkazish, jamoalarni kuzatib turish maqsadida betaraf nazoratchilar tanlab olindi. Ishtirokchilarga xar bir savol uchun vaqt ajratib berildi.
O‘yin natijalariga ko‘ra, 83 ball to‘plab uchinchi o‘rinni profilaktika inspektorlaridan tashkil etilgan “Temuriylar” jamoasi, 123 ball to‘plab ikkinchi o‘rinni patrul-post xizmati xodimlaridan iborat bo‘lgan “Patrul” jamoasi va 127 ball to‘plab birinchi o‘rinni Jazoni ijro etish xizmatidan tashkil etilgan “Qalqon” jamoasi egalladilar.
Jamoalar munosib taqdirlandilar.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati