Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati, kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida muntazam ravishda kitoblar yarmarkasi o‘tkazilib borilmoqda.
Unda institut professor-o‘qituvchilari va tinglovchilar o‘zlari uchun kerakli kitoblarni xarid qildilar.
Darhaqiqat, faylasuflardan biri aytganlaridek, “Kitoblar zamon darg‘alarida suzuvchi va o‘zining qimmatbaho yukini ajdodlardan avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir”.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati