Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Metallurg” madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali gala-konsert bo‘lib o‘tdi.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilgan mazkur tadbirda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari, turli sohalar vakillari, faol yoshlar, shuningdek, madaniyat va san’at namoyandalari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Gala-konsert davomida yurtimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ijodiy jamoalar va mashhur san’atkorlar tomonidan Vatan, yoshlik, birdamlik va istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etuvchi kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyosh etildi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan bunday madaniy-ma’rifiy loyihalar, ayniqsa, yosh avlod qalbida yurtga muhabbat, fidoyilik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Institut Matbuot xizmati