Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar uchun Vazirlik JXD YHXX MTB inspektori, podpolkovnik Azizbek Raxmatillaev bilan hamkorlikda binar o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti jarayonlarida “yo‘l-patrul xizmati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitilayotgan tinglovchilarda sohaga tegishli so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘nikmalari mustahkamlanib, ularga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun ushlangan transport vositalarini to‘xtash joylariga joylashtirishda haydovchilar bilan yuzaga keladigan holatlar, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1284 , 1285129, 131,135, 136, 137, 183, 194, 195-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs bilan yo‘l-patrul xizmati xodimi o‘rtasidagi muammoli vaziyatlar bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati