Malaka oshirish institutida ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon qabul qilish yo‘lga qo‘yildi

29.02.2024 188 marta ko'rilgan

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya  komissiyasi ruxsati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustivorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari» fanidan ilmiy unvon olish uchun talabgorlardan maxsus imtihon qabul qilish komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

     Ushbu  komissiya a’zolari joriy yilning 29 fevral kuni professor va dotsent ilmiy unvonlarga talabgor nomzodlardan birinchi imtihonlarni qabul qildilar. Unda bir qancha talabgor nomzodlar ishtirok etdi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati