Madaniyat markazida konsert dasturi tashkil etildi

26.02.2024 153 marta ko'rilgan

        Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari va tuman yoshlarining madaniyat va san’atga  qiziqishlarini oshirish maqsadida Bektemir tumani Madaniyat markazida  konsert dasturi tashkil etildi.

      Konsert dasturida markazda faoliyat yuritayotgan “Shodlik” karnay va surnay ansambli, elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, estrada xonandalik, an’anaviy ijrochilik, raqs to‘garagi ishtirokchilari bir-biridan chiroyli raqslari, ashulalari bilan yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlashdi.

 

      IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati