Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “katta serjant” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar — tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, aholi bilan yanada yaqin ishlaydigan, xalqparvar tuzilmaga aylantirilayotganligini ta’kidladilar.
O‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan 16 nafardan oshiq tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Ularning kelgusi xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati