Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, hamda xodimlarni kitob o‘qitishga jalb qilish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘quv bazasida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Kitoblar yarmarkasida “mayor” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kursida tahsil olayotgan 85 nafardan ziyod tinglovchilar, o‘zlari istagan kitoblarni xarid qilib, shaxsiy kutubxonasining kitoblar bilan boyiishga imkoniyat yaratildi.
Darhaqiqat, “kitobsiz– kelajak yo‘q”dir.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati