Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha navbatdagi 6-o‘quv kursi hamda navbatdagi boshlang‘ich kasbiy tayyorlov o‘quv kurslari boshlandi.
O‘quv kurslarining dastlabki kunida tinglovchilar bilan yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada tinglovchilarga o‘quv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, Institut hududida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.
Mashg‘ulotlar zamon talablarga mos keladigan innavatsion texnologiyalar asosida o‘tkazilib, interfaol usullardan foydalanib kelinmoqda.
Bunda asosiy e’tibor tinglovchilarni manan yetuk, jismonan baquvvat qilib, ona vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatlarini yanada oshirishga qaratilgan.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati