Avval xabar qilganimizdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan “Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunining mazmun-mohiyatini ichki ishlar organlari xodimlariga tushuntirilmoqda.
Jumladan, Xorazm, Surxondaryo, Buxoro va barcha viloyatlar IIB YHXB shaxsiy tarkibi bilan sayyor o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur qonun yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilishga, haydovchilar va piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Institut Matbuot xizmati