Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahar bazasidagi kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilari bilan “Portlovchi modda va qurilmalarni aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda portlovchi moslama, moddalar yoki shubhali buyumlar aniqlanganda IIO xodimlarining birlamchi harakatlari” mavzusida amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida o‘qiyotgan tinglovchilar hamda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Vazirlik Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari J.X.Narzullayev, Sh.O. Kurbonov, Sh.R.Ashurovlar tomonidan tinglovchilarning kelgusida xizmat vazifalarini bajarish vaqtida portlovchi moslama, moddalar yoki shubhali buyumlar aniqlanganda birlamchi harakatlari bo‘yicha kerak bo‘lgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari shakllantirildi.
Institut Matbuot xizmati