Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayyorlash uchun o‘quv kursi va “podpolkovnik”, “mayor” maxsus unvonini olish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish kurslari, hamda safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslari boshlandi.
Institut rahbariyati tomonidan o‘quv kurslarining dastlabki kunida tinglovchilarga o‘quv jarayonidagi asosiy vazifalari, burch va majburiyatlari, Institut hududida mavjud tartib-intizom, yurish-turish, formali kiyim-bosh kiyish tartibi va odob-axloq qoidalariga doimiy ravishda rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.
Institut Matbuot xizmati