Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Vazirlik Malaka oshirish instituti va JXD YHXX xodimlari tomonidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHX boshqarmasi xodimlari bilan yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Mashg‘ulotda YPX xodimlari tomonidan amaliyotda uchrayotgan muhim masalalar muhokama qilinyapti. Shuningdek, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollari yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berilmoqda.
Institut Matbuot xizmati