Ichki ishlar vazirligi O‘quv-dala markazida Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan o‘q otish mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotning birinchi bosqichda Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga Ichki Ishlar Vazirligining belgilangan buyruq va yo‘riqnoma talablari asosida o‘q-otar quroldan foydalanish va qo‘llashda xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, qurolni o‘qlash hamda nishonga olish tartibi to‘g‘risida tushuntirildi.
Mashg‘ulotning ikkinchi bosqichda o‘quv-dala markazining o‘q otish maydonchasida Kalashnikov avtomatidan amaliy o‘q otish mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot yakunlangach, natijalar mas’ul xodimlar tomonidan baholanib, yaxshi natija ko‘rsata olmaganlarga kerakli yo‘riqnomalar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar tinglovchilar tomonidan jangovar vazifalarni bajarish va jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘qotar quroldan mohirona foydalanish uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati