Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlariga oid bilimlarini yana-da mustahkamlash maqsadida Institut boshlig‘ining tegishli farmoyishi asosida haftaning shanba kunlari pedagogik mahorat maktabi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlarda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha saboq berilmoqda.
Jumladan, bugun seminar mashg‘ulotini o‘tkazishga qo‘yiladigan asosiy talablar va tashkil etish turlari to‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritilmoqda.
Institut Matbuot xizmati