Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida taʼlim olayotgan tinglovchilar bilan Maxsus fanlar sikli o‘qituvchilari hamda Toshkent viloyati Olmaliq shahar 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nargiza Eshmatova va shu maktabning Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Maqsuda Bo‘riboyevalar ishtirokida “Ichki ishlar organlari xodimlarini maʼnaviy va axloqiy jihatdan tarbiyalash” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida ichki ishlar xodimlarining faoliyatida muomala madaniyatining o‘rni, yosh xodimlarning axloqiy va maʼnaviy yetukligi, ularning harakatlarida insonparvarlik, adolat prinsiplarini amalda qo‘llashning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab, uning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, shoiraning ona Vatanni, vafo va sadoqatni tarannum etuvchi sheʼr va g‘azallarini tinglovchilar qalbiga yetkazishga eʼtibor qaratildi.
N.S.Eshmatova tomonidan aytilgan sheʼrlar tinglovchilar o‘rtasida ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Institut Matbuot xizmati