Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Patrul-post faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilarga “Fuqarolar bilan ishlash” modulidan “Patrul-post xizmati xodimining fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuzaga keladigan muammoli situatsion vaziyatlar” mavzusida Maxsus fanlar sikli o‘qituvchilari Ziyomiddin Xojibekov, Sherbek Raximov va Milliy Gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi Olmaliq shahar inspektor-psixologi Shaxzod Sobirjonov bilan hamkorlikda binar mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda tinglovchilarga shaxslararo muloqotni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘zini-o‘zi hissiy-irodaviy boshqarishi, qatʼiylik va vazminlik muvozanatini saqlash, agressiv shaxslar bilan muloqotni tashkil etish yo‘llari tushuntirildi.
Institut Matbuot xizmati