Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Bosh prokuratura hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida “Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.
Ikki kunlik seminarda ichki ishlar organlari hamda viloyat prokuraturasi xodimlarining qiynoqqa solishga qarshi kurashishda xalqaro amaliyot va milliy tajribani qoʻllashga oid bilim va koʻnikmalari yanada oshirildi.
Mazkur maxsus o‘quv kurslari boshqa viloyatlarda ham tashkil etilmoqda.
Институт Матбуот хизмати