Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan vazirlik Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining xizmat bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan “Zamonaviy rahbarlik va boshqaruvning yangicha usullari” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, “Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilishi kerak”.
Tadbirda axborot asrida yashar ekanmiz barcha sohalarda innovatsiyalarni joriy qilish, zamonaviy boshqaruv tizimi oldiga ham yangi talablarni qo‘yayotganligi, innovatsion tafakkurga ega, tashabbuskor rahbarlarni tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalardan ekanligi bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, boshqaruvda rahbarning shaxsiy fazilatlari katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi, boshqalarga taʼsir ko‘rsata olish, siyosiy iroda, ijtimoiy intellekt, maʼnaviy-axloqiy bilimlari mustahkam bo‘lishi lozimligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida, “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Institut Matbuot xizmati