Bugun, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari va tinglovchilari, Milliy markaz xodimlari va doktorantlar ishtirokida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori akademik A.X. Saidov ochib berdi.
Mazkur memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv dasturlarini, o‘quv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqishda, ichki ishlar organlari faoliyatida inson huquqlarini himoya qilishga oid fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirishda, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishda yaqindan hamkorlikni amalga oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, tadbirda Malaka oshirish instituti kutubxonasi fondi uchun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan nashr ettirilgan 180 dan ortiq huquqiy adabiyotlar va qo‘llanmalar taqdim etildi.