Ayni vaqtda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq o‘quv bazasida kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari o‘qitilmoqda. Ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirish maqsadida amaliyotdagi malakali mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, fakultetning Maxsus-fanlar sikli katta o‘qituvchisi O‘tkirbek Otayev va Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi Abduhalik Raziqovlar tomonidan “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda sohaga doir qabul qilingan tegishli hujjatlar asosida ichki ishlar tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli aholining tinchlik va xavfsizligini taʼminlashda, fuqarolarning huquqlarini ishonchli himoya qilishning izchil tizimi yaratilganligi taʼkidlandi.
Institut Matbuot xizmati