Kuni kecha xabar berganimizdek, Koreya milliy politsiya agentligining IIV Malaka oshirish institutida tegishli mutaxassislari ishtirokidagi tashrifi o‘z yakuniga еtdi.
Tashrif davomida Malaka oshirish institutida Simulyatsiya va modellashtirish markazini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Tashrif yakunida Koreya milliy politsiya agentligi mutaxassislari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi, unda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i Olimjon Axmedov delegatsiyaning tashrifi jarayonidagi samarali mehnati uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib, ushbu mehnatlari kelgusida institutda o‘quv jarayoni samaradorligini yanada oshirishga hamda ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Institut Matbuot xizmati