Avval xabar berganimizdek, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutiga tashrif buyurgan Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari loyiha doirasida barpo etilayotgan simulyatsiyalashgan o‘quv markazining qurilish jarayonlari, markazdagi maxsus xonalarni jihozlash va ularga o‘rnatiladigan qurilmalar hamda simulyatsiya qilingan voqea joylarini barpo etish borasidagi ishlar bilan tanishib, kerakli taklif va tavsiyalarini bermoqdalar.
Jumladan, ilmiy-kriminalistika laboratoriyasi, qon izi tahlili laboratoriyasi, jinoyat sahnasi simulyatsiya xonasi, guvoh so‘rovi va tergov xonasi, xavfsizlik boshqaruv xonasi uchun jihozlash borasida talablar o‘rganilmoqda. Har bir soha bo‘yicha mahalliy bozor imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, mehmonlar vazirlik Ekspert-kriminalistika bosh markazi laboratoriyasida ham bo‘lib, faoliyati bilan tanishdilar.
Institut Matbuot xizmati