Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 42-son manzil koloniyasi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti yuridik fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Olimjon Subanov tomonidan qaror bilan belgilab berilgan ustuvor vazifalar xodimlarga yetkazildi.
Qarorda yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni, jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat, huquqbuzarliklar profilaktikasi, mahalla yettiligi, faollari hamda tegishli tashkilot va idoralar mutasaddi rahbarlarining yakdillik va hamfikrligi bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlarni tizimli ravishda tashkil etish belgilanganligi taʼkidlab o‘tildi.
Mashg‘ulot yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan yetarlicha javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati