Institut tinglovchilari O‘zbekiston chempionati sovrindorlari qatorida

20.02.2025 76 marta ko'rilgan

      O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarning 2025-yil uchun respublika kalendar rejasi”ga asosan Xorazm viloyatida sportning “Sambo” va “Jangovar sambo” turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi o‘tkazildi.

      Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 600 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

      Quvonarlisi, 64 kg vazn toifasida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchisi, safdor To‘lqin Baxranov  Jangovar sambo turi bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

      Darhaqiqat, mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli yoshlarimiz sport olamining turli musobaqalarida g‘alabalarga erishmoqdalar.

Institut Matbuot xizmati