Qaror mazmun-mohiyati puxta oʻrganilmoqda

18.02.2025 69 marta ko'rilgan

     Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni, jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyat, huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni barvaqt oldini olish belgilab qo‘yilgan.

         Vazirlik huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti birinchi mintaqaviy hudud 23-son mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona shaxsiy tarkibiga vazirlik Malaka oshirish instituti o‘qituvchisi Bahromjon Turg‘unboyev mazkur qarorning mazmun-mohiyatini yetkazdi.

      Targ‘ibot davomida mahallalarda jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, huquqbuzarliklarga moyil shaxslarni barvaqt aniqlash va ular bilan muntazam ravishda profilaktik-tushuntirish ishlarini olib borish, nazorat o‘rnatish kabi masalalar bo‘yicha maʼlumotlarga eʼtiborni qaratdi. Shuningdek, ishtirokchilarning bu boradagi taklif va mulohazalari tinglanib, savollariga atroflicha javoblar berildi.

Institut Matbuot xizmati