Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi va Shon-sharaf muzeylariga tashrif buyurishdi.
Muzeylarning boy eksponatlari orqali tinglovchilar mamlakatning tarixiy voqealari, muhim shaxslari va ularning yutuqlari haqida bilimga ega bo‘ldilar shuningdek, tarixiy hodisalarga bo‘lgan tushunchalari boyitildi. Bu esa ularda milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniyati va tarixiga qiziqishni oshirishga yordam beradi.
Bu kabi tashriflar tinglovchilarda milliy g‘ururni uyg‘otib, mamlakatimizning madaniy va tarixiy merosini saqlash va unga hurmat bilan qarashga undaydi.
Institut Matbuot xizmati