O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi tomonidan imzolangan muzokaralar bayoniga muvofiq Koreya milliy politsiya agentligining tegishli mutaxassislari IIV Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig‘i Olimjon Axmedov, vazirlikning tegishli mutaxassislari va Institut rahbariyati ishtirok etdi.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda Muzokaralar bayonida belgilangan vazifalarni ijrosi, loyiha doirasida barpo etilayotgan simulyatsiyalashgan o‘quv markazining qurilishi olib borilayotgan ishlar, markazdagi maxsus xonalarni jihozlash va ularga o‘rnatiladigan qurilmalar hamda O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan simulyatsiya qilingan voqea joylari yuzasidan fikrlar almashildi va muhokama etildi.
Tomonlar rejalashtirilgan tadbirlarning samarali amalga oshirilishida barcha imkoniyatlarni ishga solinishi, shuningdek o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi taʼkidlandi.
Institut Matbuot xizmati