Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari, vazirlik Malaka oshirish instituti rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilari, xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda institut shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xodimlar tomonidan sodir etilgan xizmat intizomi va qonunbuzarlik bilan bog‘liq holatlarning tub sabablari, ularning kelib chiqish omillari tanqidiy tahlil qilinib, atroflicha muhokama qilindi.
Xizmat intizomini mustahkamlash yo‘nalishidagi ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi.
Institut Matbuot xizmati