Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida professor va dotsent ilmiy unvonini olish uchun “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fani bo‘yicha maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, taʼlim va fan, huquqni qo‘llash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.
Imtihon jarayonida 30 nafardan ziyod talabgorlarning O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Taraqqiyotlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan bilim va tajribalari sinovdan o‘tkazildi.
Institut Matbuot xizmati