Tinglovchilar amaliyoti yakunlandi

17.02.2025 81 marta ko'rilgan

     Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida beshta mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilar Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari Patrul-post xizmati, Yo‘l-patrul xizmati, Pasport tizimini taʼminlash, Jazoni ijro etish xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish xizmatida  malakaviy amaliyotni o‘tadilar.

    Amaliyot yakunida Institut o‘qituvchilari va sohaviy xizmatlarning malakali xodimlari ishtirokida yakuniy imtihonlar o‘tkazildi.

    Мalakaviy amaliyotda tinglovchilar nazariy bilimlari mustahkamlandi va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari shakllantirildi.

 

Institut Matbuot xizmati