Yangilik haqida batafsil

Sayyor mashg‘ulotlar amaliy ko‘nikmalarni boyitdi
Feb. 15, 2025

     Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari va o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun tashkil etilgan malaka oshirish o‘quv kursining “Inson huquqlari” moduli bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari mazkur Markaz rahbari,  akademik Akmal Xolmatovich Saidov tomonidan o‘tkazildi.

    Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida tashkil qilingan “Inson huquqlari uyida”da tinglovchilarga “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt”, “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro Pakt”, “Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya” kabi BMT inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarining mazmun va mohiyati, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatidagi ahamiyati, shuningdek ushbu xalqaro hujjatlarni ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bilishning zarurligi xususida tushuncha va  bilimlar tinglovchilarga to‘laqonli ravishda amaliy misollar asosida yetkazildi.

     Shuningdek, har oyda Institut tinglovchilarini inson huquqlari moduli bo‘yicha Milliy markazda tashkil qilingan “Inson huquqlari uyida” sayyor shaklda mashg‘ulot o‘tkazishga kelishib olindi.

Institut Matbuot xizmati