Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus-kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari bilan “Istiqbolli avlod” nodavlat-notijorat tashkiloti hamkorligida seminar trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Treningda “Teng imkoniyatlar: O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar va qizlarga nisbatan tender diskriminatsiyasi va stigmaga qarshi kurashish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berilmoqda.
Shuningdek, tadbir davomida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va kamsitishlarga qarshi kurashishga qaratilgan qonun hujjatlarini batafsil tushuntirilib, ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularga kerakli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Institut Matbuot xizmat