Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining xizmat bo‘yicha o‘rinbosarlari Ichki ishlar vazirligi Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga sayohat uyushtirishdi.
Tinglovchilar muzeyda yaratilgan sharoitlar, tarixiy hujjatlar ichki ishlar organlarining shakllanish va rivojlanish tarixi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishdagi faoliyati, boshqa huquq-tartibot organlari va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikka bag‘ishlangan eksponatlarni diqqat bilan kuzatdilar.
Tashrif yakunida tinglovchilar muzey xotira daftariga o‘z taassurotlarini yozib qoldirdilar.
Institut Matbuot xizmati