Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tahsil olayotgan tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining xizmat bo‘yicha o‘rinbosarlari va boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik o‘quv kursi tinglovchilari bilan vazirlik Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishga bag‘ishlangan navbatdagi yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Unda, tinglovchilarga xizmatga sovuqqonlik bilan qaramaslik, poraxo‘rlik va tamagirlik hamda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, vakolatdan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomalada bo‘lish yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, “Nafsning so‘nggi manzili” nomli film namoyish etildi.
Tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati