Nazariya va amaliyot uyg‘unligi

14.02.2025 133 marta ko'rilgan

      Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilarning bilimlarini mustahkamlashlari,  nazariyani amaliyot bilan bog‘lashlari  uchun hududiy ichki ishlar organlari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

      Jumladan, ayni kunlarda institutning kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilarining ish o‘rganish amaliyoti (stajirovkasi) bo‘lib o‘tmoqda.

    Tinglovchilar “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha TVBSO Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazida amaliyot o‘tamoqdalar.

   Ish o‘rganish amaliyoti davrida tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Ustoz – shogird” anʼanalari asosida ularga tajribali ichki ishlar organlari xodimlari murabbiy sifatida biriktirilgan. Har bir tinglovchi biriktirilgan ustozlarining ish jarayonlari bilan yaqindan  tanishib,  tajriba orttirmoqda.

 

Institut Matbuot xizmati